“Liverpul” Portugaliya TJ a'zosini o'z safiga qo'shib oladi

Eldor Akmurzayev
22 dek 2020, 20:10
“Lill” yarim himoyachisi Renatu Sanshesh faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishga yaqin.

The Mirror manbasiga ko'ra, klublar transfer borasida o'zaro kelishib oldi. Qayd etilishicha, mersisaydliklar Portugaliya TJ a'zosini 18 mln funtga sotib oladi.

23 yoshli futbolchi 2019 yildan beri “Lill” sharafini himoya etib kelmoqda. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yozigacha mo'ljallangan.

Renatu joriy mavsum Liga 1'da 8 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Mirror