

Murabbiy Arne Slot boshchiligidagi mersisaydliklar yozda o'yinchilarni jalb qilish bo'yicha faol kampaniyani rejalashtirmoqda. "Hakkalar"ning shvetsiyalik hujumchisi Aleksander Isak esa "qizillar"ning hujum chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodga aylandi.
Futbolchining "Nyukasl" tomonidan belgilangan 120 mln funt sterlinglik jiddiy narxiga qaramay, "Liverpul" o'z niyatidan qaytmayapti va transfer tafsilotlari yaqin haftalar ichida ma'lum bo'lishi mumkin.
Isak joriy mavsum "Liverpul"ni xafa qilishga ulgurdi. Hujumchi Liga Kubogi finalida Kellexer darvozasiga g'alaba to'pini kiritdi va jamoasini g'oliblik sari etakladi.



