"Liverpul" g'alabasiz seriyaga yakun yasadi. Jamoa APLda qachon oxirgi marta g'alaba qozongandi?

Aziz Tukhtamuradov
29 yanv 2021, 07:50
"Liverpul" APLning 20-turi doirasida "Tottenxem"ni safarda (3:1) mag'lub etdi.

Ushbu g'alaba orqali Yurgen Klopp shogirdlari Angliya chempionatidagi 5 ta g'alabasiz seriyaga yakun yasashdi. 

Jamoa APL doirasida so'nggi marotaba 19 dekabr kuni "Kristal Pelas"ni (7:0) mag'lubiyatga uchratgan edi. Shundan so'ng "Vest Bromvich"ga qarshi o'yin orqali g'alabasiz seriya boshlangandi.

"Tottenxem" – "Liverpul" 1:3 

Gollar: 0:1 – 45 Firmino, 0:2 – 47 Aleksander-Arnold, 1:2 – 49 Xeyberg, 1:3 – 65 Mane.

"Tottenxem" – Loris, Ore (Uinks, 46), Doerti, Rodon, Dayer, Bergveyn (Beyl, 81), Ndombele, Son Xyon Min, Xeyberg, Devis, Keyn (Lamela, 46).

"Liverpul" – Alisson, Robertson, Matip (Fillips, 46), Aleksander-Arnold, Xenderson, Tiago Alkantara (Djons, 78), Milner, Salax, Veynaldum, Mane, Firmino (Origi, 87).

Ogohlantirishlar: Tiago Alkantara (24), Bergveyn (30), Fillips (50).

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia