Lionel Messining yana bir "eski tanishi" "Inter Mayami"ga o'tishga yaqin

Omonjon To`xtamirzayev
21 iyul 2023, 13:55
"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi faoliyatini MLSda davom ettirishga yaqin turibdi.

Ispaniyaning "Marca" nashri "Offsider"ga tayangan holda, Andres Inesta "Inter Mayami" bilan principial kelishuvga erishgani haqida xabar bermoqda. Bu ma'lumot yaqin kunlarda rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik iyul oyi boshida 2018 yildan buyon o'ynab kelayotgan Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasi safini tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca