Lionel Messi: “Ronalduning kyetishi “Real”ni biroz kuchsizlantirdi”

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning “Yuventus”ga o'tishiga o'z munosabatini bildirdi.

“Albatta, “Real” dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri, ular safida ajoyib futbolchilar bor. Ammo Ronalduning kyetishi ularni birozgina kuchsizlantirdi.

Uning “Yuve”ga o'tishi shubhasiz, turinliklarni YCHL favoritiga aylantirdi. “Yuve”da shundog'am kuchli tarkib bor edi va ular safiga Ronaldu qo'shildi.

Men uning qaroridan hayron qolgandim. U Madriddan ketadi, deb o'ylamagandim. Ketsayam, “Yuventus”ga o'tishi men uchun kutilmagan hol bo'ldi. Lekin “Yuve” ham kuchli klub”, dedi Messi Radio Catalunya radiosiga bergan intervyusida.


Manba: Radio Catalunya