“Lion” yarim himoyachisi “Real” yoki “Barsa”dan taklif kutmoqda

Eldor Akmurzayev
20 yanv 2021, 21:15
“Sherlar” a'zosi Ussem Auar yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

22 yoshli futbolchi “Real” yoki “Barselona”ga o'tishni xohlamoqda. Ikkala klub ham futbolchiga qiziqish bildirgan, ammo hozircha rasmiy taklif bilan chiqmagan.

Shuningdek, “Arsenal” ham fransiyalikni nishonga olgan. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yozigacha mo'ljallangan.

Ussem Auar joriy mavsum Liga 1'da 16 o'yinda qatnashib, 3+3 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN