“Lion” La Liga klubidan hujumchini o'z safiga qo'shib oldi

21 yanv 2020, 08:58
“Vilyarreal” hujumchisi francuz klubiga o'tdi.

“Lion” jarohat olgan Memfis Depayga o'rinbosar sifatida “Vilyarreal”dan 27 yoshli Karl Toko-Ekambini o'z safiga qo'shib oldi. “Lion” futbolchini mavsum so'ngiga qadar ijaraga oldi. Ispanlar yarim mavsumlik ijara uchun 4 mln evroga ega bo'ladi. “Lion” agar futbolchini to'liq sotib olishni istasa, 11,5 mln evro to'lashiga to'g'ri keladi. Ekambi joriy mavsum “sariq suvosti kemasi” safida 19 ta o'yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi.


 

O'xshash yangiliklar


Manba: “Лион” расмий сайти