Libertadores Kubogi finalida Argentina va Braziliya klublari o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2016, 13:44
Libertadores Kubogining joriy mavsumdagi finalida Ekvadorning "Independente del Vale" va Kolumbiyaning "Atletiko Nasonal" klublari o'ynaydi.

1991 yildan so'ng ilk marotaba ushbu turnir finalida Braziliya va Argentina klublari ishtirok etmayapti. Musobaqa yarim finalida Braziliya va Argentina sharafini himoya qilayotgan "San Paulo" va "Boka Xuniors" mag'lubiyatga uchrab, turnirni tark etishdi.

Hal qiluvchi bahslar 20 va 27 iyul kunlari bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia