"Leyptsig" - "Tottenxem" uchrashuvi muxlislar kuzatuvi ostida o'tadi

Mirjalol Normatov
9 mar 2020, 19:40
YCHL 1/8 finali doirasidagi "RB Leyptsig" - "Tottenxem" o'yinida muxlislar ham bo'ladigan bo'ldi.

Angliya hali ham koronavirusdan holi mamlakat bo'lib turibdi. Shu boisdan u yerdagi muxlislar Germaniyaga tashrif buyurishi va o'z jamoasini qo'llab-quvvatlashi mumkin.

Uchrashuv ertaga tunda bo'lib o'tadi. Germaniyada koronavirusni 1151 nafar inson yuqtirib olgan, shulardan 2 nafari og'ir holatda. 18 kishi tuzalgan bo'lsa, bu virusdan hali vafot etganlar kuzatilmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal