"Levante"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, "Real" yana Konte bilan bog'landi

Aslanov Jasurbek
22 okt 2018, 12:40
"Real" rahbariyati klubga "Chelsi" sobiq ustozi Antonio Konteni olib kelish bo'yicha ishga kirishdi.

"Qirollik klubi" italiyalik mutaxassisga qiziqayotgani oktyabr oyining boshida e'lon qilingan edi, 18 oktyabrda esa tomonlar muzokaralarni boshlagani e'lon qilindi. Mutaxassis "Real" bosh murabbiyi bo'lish uchun "Chelsi" bilan shartnomani bekor qilishi kerak.

AS nashrining bergan ma'lumotlariga ko'ra, "Levante"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "qaymoqranglilar" italiyalik mutaxassisning agenti Federiko Pastorello bilan bog'lanishdi. Konte ayni damda "Real" bosh murabbiy bo'lish uchun asosiy nomzod hisoblanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS