Levandovskining agenti forvardning "Manchester Siti"ga transferini istisno etmadi

Alisher
15 okt 2021, 10:38
"Bavariya" forvardi Robert Levandovski yozda klubdan ketishi mumkin.

33 yoshli polyakning agenti Pini Zaxavi o'yinchining yozgi transfer oynasida "Manchester Siti"ga o'tish ehtimoli mavjud deb hisoblaydi.

Levandovski joriy mavsum "Bavariya" tarkibida 10ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishdi.

Transfermarkt o'yinchini 60 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild