

- Germaniya so'zsiz guruhimiz favoriti. Qur'a paytida biz uchinchi korzinkadan o'rin olgandik. Guruhdan chiqishda ham biz birinchi yoki ikkinchi da'vogar emasmiz. Bizda nimchorak finalga yo'l olish uchun imkoniyat bor. Lekin bu boshqa masala. Ukraina ancha yaxshi shakllangan jamoa. Ularga qarshi o'yinimizda ukrainlar to'qnashuv favoriti sifatida qatnashishadi. Shimoliy Irlandiyaga qarshi qanday tayyorgarlik ko'rishni va o'ynashni bilamiz. Maqsadimiz? Gollar urish va g'alaba qozonib, imkon qadar uzoqroqqa borish.



