Levandovski Bundesligada Obameyangning rekordini takrorladi

Mirjalol Normatov
20 okt 2019, 15:15
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Bundesliganing dastlabki 8 turidagi barcha o'yinda gol kiritishga erishdi.

Shu orqali u Dortmundning "Borussiya"si sobiq futbolchisi Per-Emerik Obameyangning rekordini takrorladi.

Agarda polshalik futbolchi 26 oktyabr kuni "Union" jamoasi darvozasini ishg'ol qila olsa, gabonlikdan o'zib ketadi.

Qayd etish kerak, Levandovski ushbu mavsum Bundesliganing 8 o'yinida 12 gol kiritishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal