

Mankunianliklar "Arsenal"ga o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Fulxem" bilan esa 1:1 hisobida durang qayd etdi. Shuningdek, jamoa Angliya liga kubogida "Grimsbi Taun"ga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi.
"Barchaga qiyin, lekin endi bu tarixga aylandi. Endi "Bernli"ga qarshi o'yinni o'ylash kerak. Jamoa taslim bo'lishni o'ylamasligi lozim.
Agarda "Grimsbi"ga qarshi bahsni hisobga olmasak, "Fulxem" va "Arsenal"ga qarshi o'yinlarda bizga omad yetishmadi. Biz zo'r o'yin namoyish qildik. Bizda ko'plab vaziyatlar bo'ldi, lekin oson gollar qo'yib yubordik. Bu detallarni yaxshilash kerak.
Biz shunday kichik xatolar qilmasak, g'alaba qozona olamiz. Asosan mayda xatolar qilmaslikka harakat qilishimiz kerak", - dedi Yoro.



