Lempard: “Pulishichda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun hamma narsa bor”

5 dek 2019, 08:52
“Chelsi” bosh murabbiyi “Aston Villa”ga qarshi (2:1) bahsdan so'ng Kristian Pulishich haqida ham gapirdi.

“U juda yaxshi o'yin namoyish etmoqda. Kristian yanada ko'proq gol urishi mumkin. Uning o'yini odamni hayratlantirmoqda. Unga qarab, o'zining gollari va uzatmalari bilan yangi darajaga chiqishini kutasan, albatta. Pulishichda dunyoning eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun hamma narsa bor. Ayni chog'da u ajoyib sport formasida. Uning o'sishiga ishonaman”, - deydi Frenk.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Челси” расмий сайти