Lempard: "Chelsi"da Xoland bilan shartnoma imzolashga uringandim"

Alisher
31 dek 2022
"Everton" bosh murabbiyi Frenk Lempard "Chelsi"da ishlagan payti "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland bilan shartnoma imzolashga uringanini xabar qildi.

"Xoland - aqlbovarqilmas o'yinchi. U bunday daraja bilan har qanday ligada muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Uni juda hurmat qilaman. U bilan "Chelsi"da shartnoma imzolashga uringandim, ammo bu ro'y bermadi. O'shandayoq bu futbolchi kim bo'lishi ma'lum edi", - dedi Lempard.

Xoland 2022 yilning yozida "Manchester Siti"ga o'tdi. 22 yoshli norvegiyalikning klub bilan shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali o'yinchini 170 million evroga baholamoqda.

Xoland joriy mavsum "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 20ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports