LegionerUz. Sanjar Tursunov jamoasi o'ziga kela olmayapti. Shartnoma esa mavsum so'ngida tugaydi

28 yanv 2018, 11:19
Qatar Yulduz Ligasining 14-turi ham “Al-Haraytiyat” klubi uchun omadsiz keldi. “Al-Xor” mehmoni bo'lgan Tursunov jamoadoshlari 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

“Nimalar bo'layotganini tushunish qiyin bo'lyapti. Ketma-ket ikki gol o'tkazib yubordik, keyin esa o'yinni o'nglolmadik - dedi Sanjar Tursunov o'yindan keyin. - “Qatarda legionerlar uchun katta bosim bor. Natija yaxshi bo'lmasa, ayb birinchi galda ulardan izlanadi. Shuning uchun ham yarim yil, bir yilda legionerlarga javob berib yuboraverishadi”.

Tursunov jamoasi so'nggi bor 25 noyabr kuni “Al-Ahli” ustidan zafar quchgandi. Kechagisi bilan qo'shib hisoblanganda, klub Yulduzlar Ligasining ketma-ket 5 ta turida mag'lub bo'ldi va hali-hamon pley-off yo'llanmasiga osilib turibdi.

“Rossiya yoki Ukrainada legioner bo'lib o'ynash, Qatardagidan ancha oson. Bu yerda sizdan ancha ko'p narsa talab qilinadi”, - deydi Tursunov. Uning aytishicha, “Al-Haraytiyat” bilan shartnoma shu mavsum so'ngida yakuniga etadi.

“Al-Haraytiyat” navbatdagi turni 1 fevral kuni “As-Sayliya”ga qarshi o'tkazadi. Demak, bizda “o'zbek derbisi”ni kuzatish imkoniyati bo'ladi. 

Championat.asia statistikasi


Manba: championat.asia