Lautaro Martinesda hali imkon bor

Mirjalol Normatov
3 may 2025
Lautaro Martinesning "Barselona"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi inkor qilinmayapti.

"Inter" hujumchisi "Barselona"ga qarshi ilk o'yinning birinchi bo'limida jarohat orttirib olgan va ikkinchi bo'limda maydonga tushmagandi.

Bugun aniqlanishicha, futbolchining chap boldiri mushaklarida jarohat kuzatilgan. Avvaliga futbolchining 2-3 haftaga safdan chiqqani yozilgandi. Bugun "Sky Sport Italia" yozgan ma'lumotiga ko'ra, futbolchi 7-10 kunni o'tkazib yuboradi. Uning "Barselona"ga qarshi javob o'yinida qaydnomaga kiritilishi uchun imkoniyat bor.

Javob o'yini 6 maydan 7 mayga o'tar kechasi o'tkaziladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia