Lautaro Martines “Inter” bilan shartnomani uzaytirmadi, u “Barsa”ga o'tmoqchi

Eldor Akmurzayev
27 may 2020, 19:20
“Neradzurrilar” hujumchisi klub bilan amaldagi kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qildi.

Jurnalist Alfredo Pedulla xabar berishicha, “Inter” argentinalik futbolchiga yiliga 5 mln evrolik shartnoma taklif qilgan.

Qayd etilishicha, Lautaro “Barselona”ga o'tishga qaror qilgan. Kataloniyaliklar unga nisbatan yaxshiroq bitim taklif qilmoqda – mavsum uchun 13 mln evro, yiliga +15 foiz maosh oshishi bilan.

22 yoshli Martines joriy mavsum barcha musobaqalarda 31 bahsda qatnashib, 16ta gol urishga erishdi. Uning transfer qiymati esa 64 mln evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru