Laporta Messini qaytarishga urinib ko'rmoqchi

Aslanov Jasurbek
22 dek 2022, 01:49
"Barselona" rahbariyati hujumchi Lionel Messini klubga qaytarish fikridan voz kechgani yo'q.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubidagilar Messining 2023 yilning yozida erkin agent sifatida klubga qaytarishmoqchi. Futbolchining PSJ bilan shartnomasi aynan o'sha muddatda yakuniga etadi.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta yaqin kunlar ichida futbolchi bilan bog'lanishni reja qilgan.

Kataloniyaliklaning moliyaviy muammolari bartaraf etilgani yo'q, ammo PSJga pul to'lanmasa, hammasi ijobiy yakun topishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport