Laporta: "Jamoani bir necha o'yinchilar bilan kuchaytirsak, YCHLda g'alaba qilishimiz shart bo'ladi"

Administrator
12 iyul 2023, 21:20
"Barsa" prezidenti yangi mavsum oldidan yuqori maqsadlarni ko'zlamoqda.

Klub rahbari Joan Laporta tarkibda bir necha kuchaytirish amalga oshirilgandan so'ng jamoaga YCHLni yutish vazifasi qo'yilishi haqida gapirdi.

- Xavi jamoa YCHLni yutishni maqsad qilganini gapirmoqda. Bu qanchalik to'g'ri?

- O'ylashimcha, biz g'oliblikka da'vogarlar guruhidamiz. Xavi esa g'olib bo'lamiz demoqda. Jamoani bir necha o'yinchilar bilan kuchaytirsak, YCHLdagi g'alaba deyarli shart bo'ladi.

- Nomlarni ayta olasizmi?

- Ularning nomini ayta olmayman. Hozircha tarkibimiz yaxshi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Mundo Deportivo