Laport "Manchester Siti" bilan shartnomani uzaytirdi

23 fev 2019, 00:04
"Manchester Siti" himoyachisi Emerik Laport klubi bilan yangi kelishuvga erishdi.

24 yoshli futbolchi "shaxarliklar" bilan 2025 yilgacha hamkorlikni davom ettiradi, deya klub rasmiy sayti xabar berdi.

Laport 2018 yil yanvarda "Atletik" klubidan "Manchester Siti"ga o'tgandi. U joriy mavsum 27 o'yinda qatnashdi va 2 ta gol, 1 assist muallifiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/ManCity