Laport dunyoning eng kuchli himoyachisi kim ekanligini aytdi

Aslanov Jasurbek
22 noya 2018, 14:10
"Manchester Siti" himoyachisi Emerik Laport o'z poziciyasida Yevropaning eng kuchli futbolchisi bo'lishni istayotganini ma'lum qildi.

"Yevropaning eng yaxshi himoyachisi bo'lishni istaymanmi? Albatta. Har qanday himoyachi shu gapni aytadi.

Ayni damda bu poziciyadagi eng kuchlisi Serxio Ramos. Qolganlar esa uning darajasiga intiladi. Eng yaxshi bo'lish uchun Ramos kabi har o'yinda o'zining maksimum imkoniyatlarini ko'rsatish kerak.

Angliya va Ispaniyadagi futbol farqi? Bu er (Angliya)da hammasi jismoniy kuchingizga bog'liq. Bu menga yoqadi" - deydi Laport.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com