"Lahviya" va "Al Jaish"da yangi futbolchilar

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2014, 17:21
OCHL saralash bosqichida klublarimizga qarshi to'qnash keladigan Qatar jamoalari o'z tarkiblarini kuchaytirishmoqda.
"Lahviya" tarkibiga Slovakiya terma jamoasi yarim himoyachisi Vladimir Vayss kelib qo'shildi. U bungacha "Olimpiakos" safida o'ynab kelayotgandi. "Al Jaish" esa braziliyalik hujumchi Nilmarni tarkibga qo'shib oldi. Nilmar "Al Rayyan"dan armiyachilar klubiga ko'chib o'tdi. Shuningdek, boshqa klublar shu kunlarda Yakubu Ayegbeni, Lucho Gonsales kabi futbolchilar bilan shartnoma imzolashdi. Shu kunlarda Qatar ligasiga Menxengladbaxning "Borussiya"sidan Xuan Arangoning ko'chib o'tishi kutilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia