"Lacio" Luis Suares uchun 15 mln evro to'lashga tayyor

Mirjalol Normatov
10 may 2020, 18:55
"Lacio" "Uotford" hujumchisi Luis Xaver Suaresni sotib olishni istamoqda.

"Football Italia" xabariga ko'ra, Italiya klubi forvard uchun 15 mln evrodan voz kechishga tayyor. Ushbu summaga bir qancha bonuslar ham kiritilishi mumkin.

U ayni damda "Betis", "Valensiya", "Atletiko" va "Napoli" kabi klublarning qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.

Ushbu mavsumda 22 yoshli Suares "Saragosa" tarkibida ijarada asosida 29 o'yinda qatnashib, 17 bora gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia