La Liganing yakunlangan mavsumi uchun eng yaxshi futbolchi aniqlandi

Alisher Ostonov
6 iyun 2025, 19:23
Rafinya La Liganing o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Barselona" vingeri chempionatning 36 o'yinida 18 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirib, 27 ochko to'pladi.

Kataloniya klubi o'tgan mavsum La Ligada g'olib chiqdi.

Shuningdek, ushbu nominaciyada Lamin Yamal ("Barselona"), Pedri ("Barselona"), Robert Levandovski ("Barselona"), Kilian Mbappe ("Real"), Vinisius Junior ("Real"), Jud Bellingem ("Real"), Isko ("Betis"), Oyan Sanset ("Atletik") kabi futbolchilar ham g'oliblikka da'vogarlik qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: laliga.com