La Liga. Serxio Ramos eng yaxshi himoyachi, Xames eng yaxshi yarim himoyachi, Messi eng yaxshi hujumchi
Narzulla Saydullayev
1 dek 2015, 07:55
Ispaniya primerosi 2014/15 yilgi mavsum laureatlarini e'lon qildi.
Real vakili Serxio Ramos eng yaxshi himoyachisi deb topildi. Uning jamoadoshi Xames Rodriges eng yaxshi yarim himoyachisi sifatida tan olindi, Barselona vakili Lionel Messi esa eng yaxshi hujumchi deb topildi.