La Liga. Leoning goli "Barselona"ga 3 ochko keltirdi

8 mar 2020, 00:20
Ispaniya chempionati 27-tur bahslari davom etadi.

"Kamp Nou"da o'tkazilgan o'yintaqdirini yagona gol hal qildi. U ham bo'lsa, 81-daqiqada Leo Messi tomonidan urildi. O'sha epizodda argentinalik futbolchi 11 metrlik jarima zarbasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

La Liga musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Barselona – Real Sosedad 1:0

7 mart, 22.30, Kamp Nou

Gol:

1:0 – 81, Messi (penalti).

Barselona – ter Stegen, Pike, Langle, Alba, Semedu, Buskets, Rakitich (Vidal, 74), de Yong, Breytueyt, Grizmann (Fati, 85), Messi.

Real Sosedad – Remiro, Le Norman, Monreal, Gorosabel, Lorente (Subeldiya, 71), Edegor, Merino, Barrenechea (Oyarsabal, 58), Gevara, Portu, Isak (Villian Joze, 82).

Ogohlantirishlar:

Langle (16), Messi (42), Merino (56), Pike (61), Gevara (76), Oyarsabal (80).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia