La Liga. “Barselona” Seten boshqaruvidagi ilk mag'lubiyatini "Valensiya"dan qabul qildi

Eldor Akmurzayev
25 yanv 2020, 21:55
Ispaniya chempionati 21-turidan o'rin olgan “Valensiya” – “Barselona” o'yini yakunlandi.

Uchrashuvning 12 daqiqasidayoq mezbonlar penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Biroq, 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Maksi Gomesning zarbasini kataloniyaliklar posboni Mark-Andre Ter Shtegen qaytardi. 

2-taym boshida Xordi Alba to'pni o'z darvozasiga kiritib yuborib, avtogol muallifiga aylandi. 77 daqiqada esa Gomes o'yin avvalidagi xatosini to'g'rilab bu safar Ter Shtegenni ojiz qoldirdi. Shu tariqa, Kike Seten “Barsa” boshqaruvidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. 

Valensiya – Barselona 2:0 (0:0, 2:0)

Mestalya

Gollar: 1:0 – 48, avtogol Alba, 2:0 – 77 Maksi Gomes.

Valensiya – Domenek, Gayya, Garay, Gabriel Paulista, Vass, Soler (Sobrino, 90), Ferran Torres, Kondogbia, Koklen, Gameyro (Rodrigo, 59), Maksi Gomes (Kosta, 80).

Barselona – ter Shtegen, Umtiti, Pike, Serdji Roberto, Alba, de Yong (Rakitich, 85), Buskets, Artur (Vidal, 56), Fati (Kolyado, 85), Messi, Grizmann.

Ogohlantirishlar: Pike (10), Umtiti (43), Buskets (52), Koklen (54).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia