Kvinsi Promes Niderlandiya prokuraturasi so'roviga ko'ra Dubayda hibsga olindi! Hammasi tamommi?

Administrator
14 mar 2024, 03:16
Futbolchi ekstradiciya qilinishi mumkin.

De Telegraaf nashrining xabar berishicha, "Spartak" futbolchisi Kvinsi Promes Dubay shahrida qamoqqa olingan. Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchi Niderlandiyada narkotik tashishda ayblanib olti yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. Yana bir yarim yil esa o'gay akasiga pichoq bilan hujum qilgani uchun berilgandi. 

Shundan kelib chiqqan holda, Promes Niderlandiya prokuraturasining so'rovi bilan BAAning Dubay shahrida qo'lga olingan. Xabar qilinishicha, Kvinsining qo'lga olinishi ekstradiciya qilish jarayoni bilan bevosita bog'liq.

Ma'lumot uchun, Promes shu kunga qadar uy qamog'ida saqlanayotgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: De Telegraaf