Kurtua "Real" mashg'ulotlarida jarohat oldi va maydonni ko'zda yosh bilan tark etdi

Sherzod Nurmatov
10 avg 2023, 17:33
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua jarohat oldi.

COPE jurnalisti Migel Anxel Diasning xabar berishicha, futbolchi Madrid jamoasi mashg'ulotlarida jarohat olib, ko'z yoshlari bilan maydondan chiqib ketgan.

Belgiyalik darvozabonning chap tizzasining xochsimon bog'lami shikastlangani aytilmoqda.

Kurtua o'tgan mavsum La Ligada 31 ta o'yinda maydonga tushib, 29 ta gol o'tkazib yuborgan. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: COPE