

"Rahbariyatning qo'llab-quvvatlovini his qilyapmanmi? Albatta, yangi rahbariyat mening ishimdan mamnun. Biroq bu biz tomondan bo'lgan o'zgarishlardan keyin shunday bo'ldi. Noyabr oyida bizni hech kim chempionlik uchun kurasha olishimizni tasavvur ham qila olmayotgandi. Hozir esa bizni faqatgina bir g'alaba Ispaniya Kubogi sovrinidan ajratib turibdi", - dedi Kuman.
Ayni damda "Barselona" LaLiga turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.



