Kuman Isroil klubi bosh murabbiyligidan kyetib, murabbiylik faoliyatini yakunladi

Sherzod Nurmatov
2 dek 2021, 19:28
"Beytar" ustozi Ervin Kuman (Ronaldning akasi) o'z lavozimini tark etdi.

"Ayrim shaxsiy sabablarga ko'ra hozirning o'zida to'xtamoqchiman. Bu men uchun og'ir bo'ldi, biroq yaqinda "Beytar" raisi bilan uchrashuvda unga ketishim haqida aytdim va u bu qarorimni qabul qildi. Bosh murabbiy sifatida butunlay iste'foga chiqish vaqti keldi", – dedi Ervin Kuman.

60 yoshli mutaxassis 2 iyundan beri jamoani boshqarib kelayotgan edi. 

Ma'lumot o'rnida, "Beytar" kuni kecha "Bney Saxnin"ga mag'lub bo'ldi (0:2).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Jerusalem Post