Kuman: "Birgina gol Grizmanni ochib yuboradi"

Mirjalol Normatov
31 okt 2020, 00:55
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman hujumchilar Ansu Fati hamda Antuan Grizmanning o'yinlari haqida gapirdi.

"Fatiga shu tempni ushlab qolib, rivojlanishda davom etishini maslahat bergan bo'lardim. Kecha u bilan kamchiliklarni to'ldirish maqsadida suhbat olib borgandim. U ko'p koncentraciyani yo'qotadi va to'pni oldirib qo'yadi.

Uning iqtidori yuqori, potenciali ham yaxshi. Biroq u rivojlanishi kerak. Ansu koncentraciyani yo'qotmaslikka katta e'tibor berishi kerak.

G'alabani kiyim almashtirish xonasida his qilish mumkin. "Real"dan keyin biroz kayfiyat tushib ketgandi. Oradan bir necha kun o'tdi - xursandmiz.

Futbolchilarning mashg'ulotidan hech qanday etirozim yo'q. Grizmann esa hali o'zini ko'rsatishiga ishonaman. Birgina gol uni ochib yuboradi. Ungacha u xotirjamlikni saqlab qolishi kerak", - dedi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal