Kukurelya "Chelsi" tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylandi

Administrator
5 avg 2022
London klubi kecha yangi xaridni amalga oshirgandi.

"Brayton"dan "Chelsi"ga o'tgan Mark Kukurelya londonliklar xarid qilgan eng qimmat himoyachiga aylandi. Transfermarkt bergan ma'lumotlarga qaraganda bitim qiymati 65.3 mln evroni tashkil etgan.

Shu tariqa Mark Kukurelya o'z poziciyasi "Chelsi" xarid qilgan eng qimmat o'yinchiga aylandi. Bundan avvalgi rekord Ben Chiluellga tegishli edi - 50.2 mln evro. Kalidu Kulibali transferi esa "Chelsi"ga 38 mln evroga tushgan.

"Barselona" tarbiyalanuvchisi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AdministratorMuallif
Manba: Transfermarkt