"Kuban" "Benfika" himoyachisi Melgarexoni sotib oladi

Tolibjon Qosimov
31 avg 2013
"Benfika" himoyachisi Lorenso Melgarexo yaqin orada "Kuban"ga ko'chib o'tadi, deb xabar bermoqda A Bola.
Klublar 23 yoshli futbolchining transferi borasida kelishuvga erishishdi. Transferning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmayapti.

Yaqin orada Melgarexo Rossiyaga transferni rasmiylashtirish uchun keladi.

Paragvaylik futbolchiga "Arsenal", "Liverpul" va "Jenoa" kabi klublar qiziqishgandi. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru