Toni Kroos terma jamoaga qaytishi mumkin

Nozimov Nig'monxo'ja
19 dek 2023, 09:32
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Toni Kroos ikki yillik tanaffusdan so'ng yana termaga qaytishi mumkin.

“Real Madrid” yarim himoyachisi Germaniya terma jamoasiga qaytish va Evro-2024da o'ynash haqida jiddiy o'ylamoqda, deb xabar beradi Bild jurnalisti Kristian Falk.

Toni Kroos  2021 yilda bo'lib o'tgan Yevropa chempionatidagi omadsiz ishtirokdan so'ng “nemis mashinasi”dagi faoliyati yakunlanganini e'lon qilgandi.

La Liganing joriy mavsumida 33 yoshli futbolchi 17 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: Bild