Krishtianu Ronaldu rekord o'rnatganiga munosabat bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
24 mar 2023, 08:36
Krishtianu Ronaldu terma jamoalarda o'yin o'tkazish bo'yicha rekord o'rnatdi.

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Evro-2024 saralashi doirasida Lixtenshteynga qarshi o'yinda (4:0) dubl qayd etdi. 

U terma jamoasi safida 197-marotaba maydonga tushib, terma jamoada o'yin o'tkazish bo'yicha rekord o'rnatdi. 

"Yana terma jamoada o'ynash va gol urish yoqimli. Ayniqsa men uchun ahamiyatga ega bo'lgan stadionda. 

Terma jamoalarda o'yin o'tkazish bo'yicha jahon rekordchisi bo'lganimdan faxrlanaman", - dedi Ronaldu. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: instagram.com/cristiano