Krishtianu Ronaldu: "Hozir "Yuve"da qolish yoki qolmasligim muhim emas"

Aslanov Jasurbek
14 iyun 2021, 21:12
"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turin klubidagi kelajagi to'g'risida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men 18 yoshimdan buyon eng yuqori darajada o'ynayman, o'zim haqimdagi mish-mishlar meni tashvishlantirmaydi. "Yuventus"da qolishim yoki ketishim hozirgi paytda eng muhimi emas. Bor e'tiborimni terma jamoamga qaratganman, chunki bunday darajadagi turnirlar har kuni o'tkazilavermaydi.

Bu mening beshinchi Yevropa chempionatim, lekin o'zimni xuddi ilk Evro'dagi kabi his qilyapman. Biz hozir 2016 yilga qaraganda yoshroq jamoamiz. Besh yil oldingidan yaxshiroq yoki yomonroq darajada ekanligimizni faqat raqobat ko'rsatib beradi. Individual daraja jihatdan o'n yil oldingi Ronalduga o'xshamayman", – deya takidlaydi forvard.

Oldinroq 36 yoshli portugaliyalik hujumchi yozgi transfer oynasida Turin klubini tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Futbolchiga "Manchester Yunayted" va PSJ qiziqish bildirmoqda. Ammo hech bir klub Ronalduga hozirda "Yuventus"da oladigan maoshni to'lashga tayyor emas (bir mavsum uchun 31 million evro).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca