Kovach "Bavariya" futbolchilarini tanqid qildi

Aslanov Jasurbek
7 dek 2018
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach "Fortuna"ga qarshi Bundesliganing 12-tur o'yinidan (3:3) so'ng o'tkazilgan yig'ilishda futbolchilarni tanqid qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, mutaxassis jamoa a'zolariga uchta masalada etiroz bildirgan. Kovachning fikricha, futbolchilar o'zini juda erkin his qilishmoqda, maydonda etarli darajada agressiv emas va bazida hurmatsizlikka yo'l qo'yishmoqda. Murabbiy Niklas Zyule va Jerom Boatengning himoyaga berilib kyetishini va Joshua Kimmix harakatlaridan norozi ekanligini aytdi.

"Fortuna"ga qarshi bahsdan keyin "Bavariya" "Benfika"ni 5:1 hisobida, "Verder"ni esa 2:1 hisobida taslim etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild