

Bu haqda "TEAMtalk" xabar bermoqda.
30 yoshli braziliyalik futbolchi Turkiya chempionatida o'ynamoqchi emas va Angliya Premerligasidagi faoliyatini davom ettirish niyatida.
Oldinroq "Galatasaroy" futbolchini 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi ekani aytilgandi.
Koutino joriy mavsum "Aston Villa" uchun 20 ta o'yinda qatnashdi. Transfermarkt portali xavbekni 18 million evroga baholagan.



