Koutino "Barselona"dagi matbuot-anjumanidan so'ng qimmatbaho sovg'aga ega bo'ldi

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2018, 12:36
Kecha, 8 yanvar kuni "Barselona" klubida jamoaning yangi futbolchisi Filippe Koutino bilan matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.

Rasmiy marosimlar yakunlanganidan so'ng Kataloniya klubi homiyi Audi kompaniyasi futbolchiga qimmatbaho sovg'a taqdim etdi. Koutino matbuot-anjumanidan so'ng uyiga Q7 e-tron sport 3.0 TDI 8 speed (373 ot kuchi) mashinasida qaytdi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" Koutino uchun "Liverpul"ga 160 mln. evro to'laydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia