Koutino 3 hafta maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2018, 16:56
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino yangi jamoasi safida tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Uning natijalariga ko'ra, braziliyalik yaqin kunlar ichida Kataloniya klubiga yordam bera olmaydi.

Shifokorlar Koutinoda jarohat aniqladi. Futbolchining tiklanishi uchun 3 hafta kerak bo'ladi.

Ispan OAVning ma'lum qilishicha, "Barselona" transferni amalga oshirishdan avval futbolchining jarohati haqida bilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia