Kopa Amerika-2019. Braziliya Venesuela bilan durang o'ynadi, Peru esa Boliviyani taslim qildi

19 iyun 2019, 08:08
Futbol bo'yicha Kopa Amerika-2019 musobaqasining A guruhida 18 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Kunning dastlabki o'yinida Boliviya terma jamoasi Peru termasi bilan bahsga kirishdi. Bellashuvda boliviyalik hujumchi Marselo Morenoning penaltidan urgan goliga peruliklar Paolo Gerrero (45), Jefferson Farfan (55) hamda Edison Floreslarning (90) gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa Peru termasi 2-tur guruh bahslarida Boliviya ustidan 3:1 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi va muhim 3 ochkoga ega bo'ldi. Ushbu g'alabadan so'ng Peru 4 ochko to'plab, guruhda 2-o'rinda boryapti. Boliviya esa 2 tur natijasiga ko'ra birorta ham ochko yig'a olmadi va jamoa so'nggi pog'onani egallab turibdi.

Boliviya-Peru 1:3

Gollar: 1:0 - 28, penalti, Moreno, 1:1 - 45 Gerrero, 1:2 - 55 Farfan, 1:3 - 90 Flores

Boliviya – Lampe, Bexarano, Akin, Djuzino, Bexarano, Saavedra (Vaka, 73), Xustiniano, Sausedo (Fernandes, 71), Chumasero, Kastro (Alvares, 80), Moreno.

Peru – Galese, Advinkula, Sambrano (Arauxo, 85), Abram, Trauko, Tapiya, Yotun, Polo, Farfan, Kueva (Flores, 79), Gerrero (Gonsales, 90).

Ogohlantirishlar: Sambrano (27), Chumasero (30), Gerrero (42), Fernandes (72), Akin (82).

Musobaqa mezboni Braziliya termasi esa Venesuelaga qarshi maydonga tushdi. O'yin davomida hisob ochilmadi va jamoalar 0:0 hisobida durang natija qayd etdi.

Mazkur turdan so'ng Braziliya ochkolari sonini 4 taga etkazib, A guruhida yetakchilik qilmoqda. Venesuela esa 2 ochko bilan 3-o'rinni band qilgan.

Braziliya-Venesuela 0:0

Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Dani Alves, Markinos, Filipe Luis, Kazemiro (Fernandino, 57), Artur, Risharlison (Gabriel Jezus, 46), Koutino, Neres (Everton, 72), Firmino.

Venesuela –    Farines, Vilyanueva, Ernandes, Rosales, Osorio, Moreno, Murilo, Errera (Soteldo, 66), Rinkon, Machis (Figera, 76), Rondon (Martines, 85).

Ogohlantirishlar: Murilo (37), Kazemiro (41), Figera (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championaт.asia