Kontega Angliya terma jamoasi darvozaboni kerak

Aslanov Jasurbek
18 noya 2021
Murabbiy fransiyalik posbonga o'rinbosar topmoqchi.

"Tottenxem" klubining darvozaboni Ugo Lorisning amaldagi shartnomasi ushbu mavsum oxirida o'z yakuniga etadi. Darvozabon va klub yangi kelishuvga erishadgan taqdirda ham, "shporlar" fransiyalik darvozabonga o'rinbosar sifatida yana bir golkiper bilan bitim imzolashmoqchi.

Jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte klubni ingliz darvozabonlari bilan kuchaytirmoqchi. Asosiy nomzod esa Angliya terma jamoasi posboni Jordan Piford bo'lib turibdi. 

Pikford ushbu mavsumda 10 o'yin o'tkazib, ularning 3 tasida gol o'tkazmagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph