Konte: "Tottenxem"ga o'yin taqdirini hal qiladigan yetakchi yetishmayapti"

Aziz Tukhtamuradov
9 mar 2023, 10:02
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte YCHLda "Milan"ga qarshi o'yindagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Tottenxem" ikki o'yin natijasiga ko'ra, "Milan"ga 0:1 hisobida yutqazdi va YCHLni 1/8 finalda tark etdi. 

"Birinchi o'yinda har ikki jamoaga yetakchi o'yinchilar yetishmagandi. Bugungi bahsda esa "Milan" ularni qaytara olishning uddasidan chiqdi. Menyan ularning jamoasida muhim futbolchi. U oyog'ida ajyoib o'ynaydi va bizning bosimimizdan samarali tarzda chiqib keta oldi. 

Birinchi bo'limda bizga xotirjamlik yetishmadi. Dastlabki daqiqalardanoq oldinga borib, yuqori bosim uyushtirishni maqsad qilgandik. Ammo "Milan" bunga dosh bera oldi. Men yigitlarni ayblay olmayman, chunki ular qo'llaridan kelganini qilishdi. 

Biz yo'limizning o'rtasidamiz. O'tgan yilgiga qaraganda kuchaydik va bu jarayon yanada yaxshilanishi kerak. Bunday o'yinlarda bizga o'yin taqdirini hal qilib qo'ya oladigan yetakchi yetishmayapti. Endi chempionatga asosiy e'tiborni qaratib, mavsumni imkon qadar yaxshiroq pog'onada tug'atishimiz kerak", - dedi Konte. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA