Kompani keyingi mavsumda Myullerni "Bavariya" tarkibida ko'rmayapti

Sherzod Nurmatov
4 apr 2025
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller bilan shartnomani uzaytirmagani sabablari ma'lum bo'ldi.

Bu haqda Goal.com ma'lumot berdi.

Manbaga ko'ra, myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani klub rahbariyatini keyingi mavsumda futbolchiga ishonch bildirmasligini ma'lum qilgan.

Myullerning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. Hujumchi klub tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2009 yildan beri asosiy jamoada to'p tepadi.

34 yoshli futbolchi Bundesligada 23 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com