Klopp – MYU murabbiyligi uchun asosiy nomzod

Aziz Tukhtamuradov
22 apr 2014
Manchester Yunayted Devid Moyesning o'rniga keladigan murabbiylar variantlarini ko'rib chiqmoqda.

"Qizil iblislar" ayni paytda Dortmundning "Borussiya" jamoasini boshqarayotgan Yurgen Kloppni jamoaga taklif qilmoqchilar.

Undan tashqari "MYU" Lui van Gal bilan xam muzokaralar olib borayotganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Sal avvalroq Moyes iste'foga chiqayotganligi sababli klubdan 4,5 million funt olayotganligi xaqida xabar e'lon qilingan edi. Uning o'rniga jamoani vaqtinchalik Rayan Giggz boshqarib turishi ko'zda tutilgan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru