Klopp "Liverpul" himoyachisi jiddiy jarohat olganini tasdiqladi

Sherzod Nurmatov
21 okt 2023, 14:13
Mutaxassis futbolchining safga qaytish sanasini aniq bilmaydi.

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp himoyachi Endryu Robertson elkasidan jiddiy jarohat olganini tasdiqladi.

"O'ylaymanki, operaciya bo'yicha qaror qabul qilinadi. Busiz ham uddalashimiz uchun kichik imkoniyat bor, ammo mutaxassislarning aytishicha, jarrohlik amaliyoti – eng yaxshi variant. Bu Endryu uzoq vaqt maydonga tushmasligini anglatadi. Biz aniq muddatni bilmaymiz", – dedi Klopp.

Avvalroq futbolchining taxminiy tiklanish muddati aytib o'tilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Liverpool Echo