Klopp: "Kimnidir tanqid qilmoqchi bo'lsangiz, meni tanqid qiling"

Mirjalol Normatov
12 fev 2023, 13:53
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoadagi omadsizliklarda aynan o'zini ayblamoqda.

"Liverpul"dagi holat bo'yicha ham noroziman. Barchasi mening bo'ynimda, mas'uliyatni o'z bo'ynimga olaman. Agarda klubdan kimnidir tanqid qilmoqchi bo'lsangiz, meni tanqid qiling. Boshqa insonlar shart emas", - dedi Klopp.

"Liverpul" APLda ketma-ket to'rt o'yindan buyon yuta olmayapti. Jamoa ayni damda turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda. Ertaga jamoa derbida "Everton"ga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal